Oʻzbekiston Prezidenti Dushanbeda tantanali kutib olindi

    Hukumat 10 Iyun 2021 4214

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi.

    Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

    Aeroport oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari va shiorlar bilan bezatilgan.

    Oʻzbekiston rahbarini kutib olishda koʻplab yoshlar va ijodiy jamoalar ham ishtirok etdi.

    Prezidentlar muzokaralar davomida koʻp qirrali Oʻzbekiston-Tojikiston sherikligining keng koʻlamli kun tartibini koʻrib chiqadilar hamda xalqaro va mintaqaviy darajadagi aloqalar yuzasidan fikr almashadilar.

    Amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar toʻplami imzolanishi kutilmoqda.