Oʻzbekiston Prezidenti Dushanbega yetib bordi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga yetib bordi.

    Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo — Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.