O‘zbekiston Prezidenti Fuzuliy shahriga keldi

    Hukumat 23 Avgust 2023 3586

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining ikkinchi kuni rafiqasi bilan birga Fuzuliy shahriga keldi.

    Oliy martabali mehmonlarni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi kutib oldi.

    Shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy sharafiga nomlangan. O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarigacha Fuzuliy tumanida sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojlangan. Bu yerda kutubxonalar, madaniyat uylari, muzeylar, teatrlar, bog‘lar va boshqa madaniy obyektlar faoliyat yuritgan.

    2020-yilda Fuzuliy tumani va shahrida keng ko‘lamli tiklanish ishlari boshlandi. Shaharda xalqaro aeroport, zamonaviy turar-joy majmuasi, tibbiyot va ta’lim muassasalari qurib bitkazildi. Fuzuliyni tiklash ishlarini 2026-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.