Oʻzbekiston Prezidenti intervyusining matni qozoq tilida risola shaklida chop etildi

    OAV O‘zbеkiston haqida 26 Avgust 2021 1895

    Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi tashabbusi bilan davlatimiz rahbarining “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga javoblari matni qozoq tilida alohida risola shaklida nashr etildi.

    Mamlakatimiz diplomatiya missiyasidan maʼlum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” sarlavhali intervyusi Qozogʻiston ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-tahlil, madaniy-maʼrifiy, doiralar va ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uygʻotdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    Davlatimiz rahbari bilan suhbatning qozoq va rus tillaridagi matnlari mamlakatdagi qator ommabop onlayn-nashrlar sahifalarida eʼlon qilingani shundan dalolat beradi.

    Oʻzbekiston yetakchisi ushbu intervyuda mamlakatimiz tarixi, bugungi kuni va kelajagi, mintaqamizda va jahon miqyosida sodir boʻlayotgan murakkab jarayonlarga oʻz munosabatini bildirgan.