Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, "Markaziy Osiyo – Germaniya" formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan edi.