Prezident Matbuot xizmati shuʼbasiga yangi mudir tayinlandi

    Prezident Matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan Yunusov Bahodir Maxsutovich Prezident Matbuot xizmati shuʼba mudiri etib tayinlandi.

    Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi qabul qilindi.

    Shuningdek, farmoyish bilan Buyuk Britaniyadagi Xalt xalqaro biznes maktabi va Birmingem universitetini tamomlagan Gaynulina Kamila Timurovna Prezident Matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.