Oʻzbekiston Prezidenti MDH sammitiga joʻnab ketdi

    Hukumat 13 Oktabr 2023 3411

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga joʻnab ketdi.

    Eslatib oʻtamiz, bugun Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi

    Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalarda qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqiladi.

    Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

    Yigʻilish yakunida Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga doir qator bitim va qarorlarni qabul qilish koʻzda tutilgan