O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga keldi

    Hukumat 8 May 2023 4977

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi.

    Moskva shahridagi "Vnukovo" aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    Ertaga Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.