Bugunni kunning mehnat sohasidagi eng muhim yangiligidan biri bu – Davlat rahbarining mehnat taʼtiliga chiqishi haqidagi xabar boʻldi.
«Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida» Qonunning 4-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muddati 36 ish kunidan iborat yillik haq toʻlanadigan taʼtil beriladi, deb yozadi amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyev oʻzining Telegram kanalida.
Ahamiyat berilgan boʻlsa, 36 ish kunidan iborat deyilmoqda, 36 kalendar kunidan emas. Yaʼni Prezidentning mehnat taʼtili kunlari ish kunida hisoblanishi kerak boʻladi. MKning 221-moddasi uchinchi qismida «qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarining davomiyligi 6 kunlik ish haftasi hisobidan kalendar boʻyicha ish kunlarida hisoblab chiqariladi» deyilgan. Demak, Prezidentning har yilgi mehnat taʼtili 6 kunlik ish haftasi boʻyicha ish kunlarida hisoblanadi (yaʼni shanba kuni qoʻshiladi, lekin yakshanba qoʻshilmaydi).
Yaqin tarixga nazar tashlab ayta olamizki, hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining toʻliq mehnat taʼtiliga chiqish holati kuzatilmagan. Bu albatta, bu lavozimning mamlakatdagi eng masʼuliyatli lavozim ekani bilan bogʻliq. Prezident zimmasida shu mamlakatning va bu mamlakatdagi 37 mln aholining yuki turadi.
Shu sababli ham rasmiy eʼlon qilingan xabarlarga muvofiq, davlatimiz rahbarining qisqa muddatli mehnat taʼtil chiqqanligi xabari berilmoqda.