Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjonga yetib bordi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi.

    Gabala xalqaro aeroportida Oʻzbekiston yetakchisini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli, Gabala tumani ijro hokimiyati rahbari Sabuhi Abdullayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari ertaga, 7-oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rasmiy tadbirlarida ishtirok etadi.