Bosh vazir Shahboz Sharif davlatimiz rahbariga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi.
Ushbu unvonlar O‘zbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izchil modernizatsiya qilish, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda akademik aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berildi.
Marosimda Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri, universitet rahbariyati va akademik hamjamiyatiga yuksak unvonlar uchun minnatdorlik bildirib, ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash muhimligini ta’kidladi.
1991-yilda tashkil etilgan Milliy fan va texnologiyalar universiteti ilmiy izlanishlar va innovatsion faoliyat, magistr va doktorlarni tayyorlash hamda sanoat va iqtisodiyot ehtiyojlariga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlarni olib borish kabi yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan.