Suhbat avvalida Aqilbek Japarov O‘zbekiston yetakchisiga Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida ko‘p qirrali sheriklikning yangi kun tartibini shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi.