Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

    Hukumat 6 Yanvar 2022 3221

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

    Suhbatda davlat rahbarlari Qozogʻistondagi vaziyatning rivojlanishi, respublikadagi holatni barqarorlashtirish, tez fursatda tinchlik va osoyishtalikni qayta tiklash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

    Oʻzbekiston yetakchisi Qozogʻistonning birodar xalqi va rahbariyatini ularning mamlakat barqarorligi va farovonligini taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarida doimo qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.