Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

    Hukumat 24 Iyul 2021 2178

    24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

    Suhbat avvalida Elboshi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, birodar Oʻzbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

    Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sheriklik va keng koʻlamli hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyiha va dasturlarning amalga oshirilishini davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

    Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afgʻonistonda qaror topayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashildi.