Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

    Hukumat 21 Fevral 2024 2722

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi.

    Abdulla Toʻqay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara oʻtkazadi.

    Soʻng yetakchilar 21-fevral – 3-mart kunlari Qozonda oʻtkaziladigan “Kelajak oʻyinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar.