Oʻzbekiston Prezidenti sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi

    Hujjatda mamlakatni yadro xavfsizligi sohasidagi bir qator xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi nazarda tutilgan.

    Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat nazoratini takomillashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi, deb xabar qilmoqda «Dunyo« AA.

    Maʼlumotga koʻra, hujjatda mamlakatni yadro xavfsizligi sohasidagi bir qator xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi nazarda tutilgan.

    Farmonda qayd etilishicha, mazkur roʻyxatga bir qator xalqaro konvensiyalar, jumladan, Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi, Yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish toʻgʻrisidagi konvensiya, Yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya kiradi.

    XAA, shuningdek, Oʻzbekiston Xitoy va Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini maʼlum qiladi.