Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.
Mamlakatimiz yetakchisi va Yaponiya hukumati rahbari boʻlib oʻtgan muzokaralar natijalaridan, ularning yakunida ikki tomonlama aloqalar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganidan mamnuniyat bildirdilar.
Oʻzbekiston – Yaponiya munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.











