Suhbat avvaldi parlament rahbari mamlakatimiz yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va forum yuksak darajada tashkil etilganini qayd etdi.
O‘tgan bir yilda O‘zbekiston-Singapur munosabatlarida ulkan natijalarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikkita davlat tashrifi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma loyihalar soni, shu jumladan to‘qimachilik va kimyo, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda izchil oshib bormoqda.
Kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, turizm va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Oliy darajadagi kelishuvlar ustidan birgalikda samarali parlament nazoratini o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.