Davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Milliy yetakchining zamonaviy Turkmanistonni barpo etish va jadal rivojlantirish, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi tarixiy oʻrni alohida qayd etildi.
Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda, muhim qoʻshma iqtisodiy va gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Yetakchilar qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning boʻlajak yigʻilishida sanoat, transport, energetika, qishloq xoʻjaligi sohalari, hududlararo va madaniy almashinuvni rivojlantirish boʻyicha yangi kooperatsiya loyihalarini ishlab chiqish muhimligini qayd etdilar.
Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari ham koʻrib chiqildi.