O‘zbekiston Prezidenti umra amallarini bajardi

    Hukumat 20 Iyul 2023 5522

    Davlat rahbari lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muqaddas Makka shahriga bordi.

    19-iyul - islom olamida boshlangan hijriy 1445-yil muharram oyining birinchi kunida davlatimiz rahbari ehromga kirib, umra amallarini bajardi. Ka’batullohning ichida namoz o‘qish sharafiga muyassar bo‘ldi.

    Shavkat Mirziyoyev dinimiz arkonlariga muvofiq Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita sa’y qildi. Vatanimiz ravnaqi, el-yurtimiz tinchligi va farovonligi, barcha yurtdoshlarimiz, yosh avlodimiz baxtu iqboli va yorqin kelajagini tilab duolar qilindi.

    Ta’kidlash joizki, aynan shu kuni Ka’baning kisvasini almashtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.