Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.
Afgʻonistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga koʻmaklashish maqsadida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yoʻlini qurish boʻyicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.










