O‘zbekiston Prezidenti Xitoy bilan hududlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligini qayd etdi

    Hukumat 28 Mart 2024 2200

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

    O‘zbekiston va Xitoyning ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish, shu jumladan O‘zbekiston hududlari va SHUAR o‘rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

    O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va barcha sharoitda strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuksak daraja katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

    O‘zbekistonning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan tovar ayirboshlashi oshmoqda – bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘zaro savdosining qariyb 10 foizi shu hududga to‘g‘ri keladi.

    SHUARning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalari portfeli 3,5 milliard dollarni tashkil etib, bugungi kunda “yashil” energetika va elektrotexnika, qurilish tarmog‘i va yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish, metallurgiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi.

    Madaniy almashinuvlar dasturi faol amalga oshirilmoqda.

    Davlatimiz rahbari SHUAR bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi. Innovatsion texnologiyalar, qishloq va suv xo‘jaligi, transport va logistika, bank-moliya sohasi, ta’lim, an’anaviy tibbiyot kabi bir qator ustuvor yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.

    O‘zbekiston har yili Urumchi shahrida o‘tkazib kelinayotgan “Ekspo Xitoy-Yevroosiyo” bosh ko‘rgazmasida faol ishtirok etishi qayd etildi.

    Uchrashuvda gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantirish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

    “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

    n Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.