Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyaga tashrif buyuradi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yaponiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi Kenji Xirata bilan uchrashdi.

    Suhbat davomida Kenji Xirata bilan Oʻzbekiston Prezidentining Yaponiyaga boʻlajak tashrifiga tayyorgarlik muhokama qilindi, ikki tomonlama kun tartibini boyitish zarurligi qayd etildi.

    Taʼlim, tibbiyot loyihalarini hamda madaniy tashabbuslarimizni, jumladan, Osaka va Tokioda koʻrgazmalar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun Yaponiya Hukumatiga minnatdorlik bildirdim”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.