Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

    Hukumat 24 Yanvar 2024 3527

    24-yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yigʻinlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

    Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

    Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.

    Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolarini qutladilar.

    Harbiy orkestr ijrosida Oʻzbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi.

    Faxriy qorovul boshligʻi Prezidentimizga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

    Marosimdan soʻng oliy darajadagi muzokaralari boshlandi.