Tadbirkorlar kuni munosabati bilan 20-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlar bilan toʻrtinchi muloqot boʻlib oʻtdi.

Nukusda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar toʻplandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yoʻlga qoʻygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etdi. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashdi.

Davlat rahbari nutqining lingvistik tahlili natijalari shuni koʻrsatdiki, Prezident tadbirkorlarning eng dolzarb muammolari biznes toʻsiqlarini qisqartirish va infratuzilma, yer, energiya bilan taʼminlash ekanligini koʻrsatdi.

Davlat rahbari oʻz nutqida jami 4 912 soʻzdan foydalangan. Eng koʻp tilga olingan soʻzlar “tadbirkor”, “korxona”, “xizmat”, “eksport”, “bozor”, “yer”, “bank”, “mahsulot”, “biznes”, “loyiha”, “hudud” va “tizim” boʻldi.

Ushbu soʻzlar muhokama qilinayotgan masalalarning dolzarbligini va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida ularni hal qilishda kompleks yondashuv zarurligini taʼkidlaydi.

1-rasm. Eng koʻp ishlatilgan soʻzlar

Xususan, “tadbirkor” soʻzi 103-marta, “korxona” 47-marta, “yer” 41-marta, “xizmat” 28-marta, “eksport” 26-marta, “bozor” 25-marta, “bank” 23-marta, “mahsulot” va «biznes» 20-marta, “loyiha” 19-marta, “hudud” va unga tegishli soʻzlar 18-marta tilga olingan (1-rasm).

Bir qator asosiy iboralarga alohida eʼtibor qaratildi. Ikki soʻzdan tashkil topgan iboralardan “ishlab chiqarish” iboraci 8-marta, “qishloq xoʻjaligi” iboraci esa 7-marta tilgan olingan. “Tashqi bozor” va “mikromoliya tashkilotlari” iboralari 6-marta, “ochiq muloqot”, “yirik korxonalar” va “xususiy sektor” iboralari 5-marta aytilgan.

Uch soʻzdan iborat iboralardan “aholi va tadbirkor” iborasi 3-marta, “savdo-sanoat palatasi”, “qishloq xoʻjaligi yerlari”, “sunʼiy intellekt orqali” va “shaffof qurilish tizimi” iboralari 2-marta tilga olingan.

2-rasm. Eng koʻp ishlatiladigan soʻzlarning qiyosiy tahlili

Tadbirkorlar bilan boʻlgan oxirgi 3 ta ochiq muloqotning lingvistik tahlili “korxona”, “xizmat”, “eksport”, “bozor” va “mablagʻ” kabi asosiy atamalardan foydalanishda sezilarli oʻsish tendensiyasini koʻrishimiz mumkin. Ayniqsa, bu oʻsish “xizmat koʻrsatish” sohasida alohida ajralib turadi, bu soʻzning tilga olinish soni 2023-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan, “bozor” soʻzidan foydalanish 2,3 barobar va “eksport” soʻzi 1,7 barobarga oshdi. Aytish joizki, Oʻzbekistonda band aholining 52 foizi xizmat koʻrsatish sohasida mehnat qiladi (2-rasm).

Ushbu tendensiya bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan davlat siyosatidagi oʻzgarishlardan dalolat beradi. Xizmat koʻrsatish sohasi bilan bogʻliq soʻzlarning koʻpayishi ushbu sohaga eʼtiborning ortib borayotganini koʻrsatadi, bu esa xizmatlar mamlakat iqtisodiy tuzilishining tobora muhim elementiga aylanib borayotgan taraqqiyot strategiyasining ustuvor yoʻnalishlarini ham koʻrsatishi mumkin.

Prezident nutqining yoʻnalish boʻyicha tahlili asosiy mavzularga eʼtiborning sezilarli darajada taqsimlanganligini koʻrsatadi, bu bizga davlat siyosatidagi asosiy tendensiyalarni taʼkidlash imkonini beradi. Raqobatni oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda, bu esa tarkibning 25%dan ortigʻini tashkil etadi. Biznes toʻsiqlarini yanada qisqartirish nutqning 17%ini, erishilgan natijalar 16% va yana 14% kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan. Bu yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va yanada erkin iqtisodiy modelga oʻtish istagini bildiradi(3-rasm).

Infratuzilma, yer va energiya bilan bogʻliq soʻzlardan foydalanish nutqning taxminan 14%ini tashkil etdi, bu esa iqtisodiyotni rivojlantirishga kompleks yondashuv zarurligini koʻrsatadi. Ushbu soʻzlar barqaror rivojlanish va uzoq muddatli rejalashtirish bilan bogʻliqlikni yaratadi. 14% boʻlgan xizmat koʻrsatish sohasining ahamiyati ushbu sohaning ahamiyati ortib borayotganini taʼkidlaydi.

3-rasm. Yoʻnalishlar boʻyicha soʻzlarning taqsimlash

Jumlalarning tuzilishi va kirish soʻzlaridan foydalanish belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirish oʻrtasida mantiqiy bogʻliqlikni yaratadi. Tadbirkorlarni himoya qilish va bank-kredit munosabatlarini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani davlatning ijtimoiy masʼuliyatini ham taʼkidlaydi, bu esa ishonch va biznes bilan oʻzaro munosabatlarga tayyorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

Umuman olganda, soʻzlarni sohalar boʻyicha taqsimlash raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratish yoʻlidagi strategik yoʻnalishni aks ettiradi, bunda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va xizmatlarni rivojlantirish asosiy rol oʻynaydi.

Jadvaldan koʻrinib turibdiki, Prezident nutqida bir qator asosiy yoʻnalishlar va tegishli masalalarga toʻxtalib oʻtildi. Asosiy yoʻnalishlarni taqsimlash va tegishli soʻzlardan foydalanish tahlili shuni koʻrsatdiki, biznes uchun toʻsiqlarni qisqartirish yoʻnalishida “yer”, “tadbirkor”, “biznes”, “bank” va “kredit” soʻzlariga katta eʼtibor beriladi. Bu soʻzlar tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish muhimligini taʼkidlaydi va nutqning muhim qismini tashkil qiladi (4-rasm).

Biznesni resurslar bilan taʼminlashda kalit soʻzlar “yer”, “elektr”, “qurilish”, “sanoat”, “qishloq” va “investitsiya” hisoblanadi. Ushbu soʻzlar barqaror rivojlanish va iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlash kontekstida muhim oʻrin tutadi, bu ham davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi.

Raqobatbatni oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish yoʻnalishida “davlat”, “eksport”, “savdo”, “xususiy” va “mahsulot” soʻzlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Ushbu atamalar tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan strategik maqsadlarni taʼkidlaydi.

4-rasm. Yoʻnalishlar va ularda ishlatilgan soʻzlarning oʻzaro bogʻlanishi

Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida “mikromoliya”, “faktoring”, “davlat”, “kredit” va “xizmatlar” soʻzlari tez-tez tilga olingan. Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishning muhimligi “QQS”, “davlat”, “qurilish”, “qishloq”, “tizim” va “xususiy”soʻzlaridan foydalanish bilan ham tasdiqlanadi.

Shunday qilib, Prezidentning nutqi iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga strategik yondashuvini taʼkidlaydigan asosiy mavzularga aniq tuzilish va eʼtiborni namoyish etadi.

Ilyos Rabbimov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi