Oʻzbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev 68 yoshida vafot etdi

    Oʻzbekiston Qahramoni, surxondaryolik ilgʻor fermer Ahmad Narzullayev 68 yoshida vafot etdi.

    Ahmad Narzullayev ibratli umr kechirdi. U hayoti va mehnat faoliyati davomida mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilashda, qishloq xoʻjaligi sohasi, xususan, fermerlik faoliyatini rivojlantirishda beminnat, fidokorona xizmat qilgan vatanparvar, jonkuyar va samimiy inson sifatida yurtdoshlarimizning qalbida mangu yashaydi.

    Yuz.uz tahririyati jamoasi Ahmad Narzulloyevning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.