O'zbekiston Qahramoni Musa Erniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi

    Voqea-hodisalar 5 Dekabr 2022 2425

    Vazirlar Mahkamasining "Atoqli davlat arbobi, O'zbekiston Qahramoni Musa Erniyazov tavalludining 75 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq, 2022 yil dekabr` oyining ikkinchi o'n kunligida Nukus shahrida Musa Tajetdinovich Erniyazov tavalludining 75 yilligiga bag'ishlangan xotira kechasi o'tkaziladi.

    Shuningdek, M Erniyazovning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida hujjatli fil`m yaratiladi, hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan kitob-al`bom chop etiladi. Nukus shahri “Jeke terek” mahallasidagi M.T. Erniyazov yashagan xonadonda yodgorlik lavhasi o'rnatiladi.

    Taniqli siyosatshunos va olimlar hamda nuroniylar ishtirokida xotira tadbirlari, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etiladi.