“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan nechta ayol taqdirlangan?

    Bilasizmi? 24 Avgust 2021 3233

    Maʼlumki, yurtimizda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan 17 nafar ayol taqdirlangan. Quyida ularning toʻliq roʻyxatini taqdim qilamiz.

    ▫️ 1995-yil. Temirova Muyassar — Buxoro shahridagi “Zardoʻz” aksionerlik jamiyati yuksak badiiy buyumlar tayyorlash uchastkasining katta ustasi

    ▫️ 1996-yil. Kochkarova Ayshaxon — Namangan viloyati tugʻruqxonasi boʻlim mudiri

    ▫️ 1997-yil. Madaliyeva Manzura Abdullayevna — Qoʻqon shahridagi 10-oʻrta maktab matematika oʻqituvchisi

    ▫️ 1997-yil. Saitova Onesiya Saitovna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1-tugʻruqxonasining ginekologiya boʻlimi mudiri

    ▫️ 1999-yil. Ismatova Mavlyuda — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi, Yunusobod tumani 273-oʻrta maktab direktori

    ▫️ 1999-yil. Rahmatova Martiya Ahmedovna — “Buxoroteks” hissadorlik jamiyati 1-yigiruv-toʻquv fabrikasining yigiruvchisi

    ▫️ 2001-yil. Pak Vera Borisovna — Xiva shahridagi 20-“Mehribonlik uyi” direktori

    ▫️ 2002-yil. Akramova Dilbar — Oʻzbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamgʻarmasining Namangan viloyati boʻlimi boshqaruvi raisi

    ▫️ 2004-yil. Mahmudova Anor Madaminovna — Gurlan tumanidagi Ibn Sino nomli 5-maktab direktori

    ▫️ 2006-yil. Abdullaxoʻjayeva Malika Samatovna — Respublika patologik anatomiya markazi direktori, akademik

    ▫️ 2007-yil. Mirzayeva Xalchaxon — Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Xaticha aya” fermer xoʻjaligi boshligʻi

    ▫️ 2008-yil. Abdullayeva Siyosatxon — Oltinkoʻl tumanidagi “Oltinkoʻl vodiy gulshani” fermer xoʻjaligi boshligʻi

    ▫️ 2010-yil. Ergasheva Patila — Buvayda tumanidagi “Patilaxon” fermer xoʻjaligi boshligʻi

    ▫️ 2015-yil. Ganiyeva Suyima Ganiyevna – Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Mumtoz filologiya” kafedrasi professori

    ▫️ 2016-yil. Sharapova Muxabbat Arapovna — Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi

    ▫️ 2019-yil. Murotova Lola – Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xoʻjaligi boshligʻi

    ▫️ 2021-yil. Yoʻlchiyeva Munojatxon - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri, Oʻzbekiston xalq artisti.