O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo‘jayev faxriy unvon bilan taqdirlandi

    Hukumat 20 Mart 2024 3774

    Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Zayniddin Nizomxo‘jayevga ushbu yuksak unvon va ko‘krak nishonini topshirdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev davlat hokimiyati vakillik organlari hamda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda milliy saylov tizimini umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, yuksak salohiyatli kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

    Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Zayniddin Nizomxo‘jayevga ushbu yuksak unvon va ko‘krak nishonini topshirdi.

    Tibbiyot fanlari doktori, professor Z.Nizomxo‘jayev uzoq yillar qator mas’ul lavozimlarda fidokorona mehnat qilgan. U 2014-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan.