Oʻzbekiston Qahramoni Zikir Muhammadjonov tavalludining 100-yilligi keng nishonlandi

    Madaniyat 26 Yanvar 2021 1764

    Mazkur xotira kechasida, buyuk sanʼatkorning shogirdlari, sanʼat sohasi hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

    Kuni kecha, Oʻzbek milliy akademik drama teatrida, oʻzbek teatr va kino sanʼatining afsonaviy ijodkori, oʻzbek teatr va kino sanʼatining rivojiga munosib hissa qoʻshgan madaniyat va jamoat arbobi Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq artisti, Zikir Muhammadjonov tavalludining 100-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.

    Mazkur xotira kechasida, buyuk sanʼatkorning shogirdlari, sanʼat sohasi hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

    Oʻzbekiston davlat drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan ijodkor hayoti qamrab olingan sahna koʻrinishi tadbir ishtirokchilari uchun havola qilindi.