“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni hamda mamlakatimizning yuksak darajadagi boshqa davlat mukofoti sohiblarining hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbirlari tashkil etiladi. Jumladan:
Oʻzbekiston Qahramonlari hayoti va faoliyatini yoritishga qaratilgan “davlatmukofoti.uz” maxsus veb-sayti yaratiladi;
oʻquvchi va talabalar oʻrtasida ularning hayoti, mehnat faoliyati va jasoratini keng targʻib qilishga bagʻishlangan diktant va insholar tanlovi oʻtkaziladi;
davlat muzeylari va koʻrgazma zallarida foto koʻrgazmalar, tasviriy va targʻibot tadbirlari tashkil etiladi, ularning mehnatini madh etuvchi badiiy, publitsistik asarlar, sheʼr va dostonlar, tasviriy asarlar hamda qoʻshiqlar yaratiladi;
ularga bagʻishlangan filmlar va turkum telekoʻrsatuvlar tayyorlanadi.








