Oʻzbekiston qancha limon import qilgani ochiqlandi

    Biznes 18 Fevral 2025 752

    Oʻtgan yilda Oʻzbekiston xorijdan qiymati 3,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan limon import qilgan.

    Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilda xorijdan 16,5 ming tonna limon import qilgan.

    Oʻzbekistonga 2024-yilning 12 oyida eng koʻp limon import qilgan davlatlar:

    — Turkiya – 10 024 tonna
    — Xitoy – 4 106 tonna
    — Tojikiston – 1 230 tonna
    — Eron – 499 tonna
    — Argentina – 382 tonna
    — Boshqa davlatlar – 235 tonna.