Tadbirda Afg'oniston bo'yicha Qatar, Germaniya, Norvegiya va Indoneziya maxsus vakillari ham ishtirok etdilar.
Suhbat chog'ida Afg'oniston mojarosini hal qilish, shuningdek, afg'onlararo tinchlik muzokaralarini tezda boshlash bo'yicha xalqaro sa'y-harakatlar muhokama qilindi.
Afg'onistonga har tomonlama yordam ko'rsatish, ayniqsa pandemiya sharoitida ko'mak berishning ustuvor yonalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.