Viloyatga 24 tonna un, 12 tonna guruch, 10 tonna shakar va boshqa mahsulotlar keltirildi.
Yuk O'zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari Sanjarbek Zuparov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan yetkazildi. Insonparvarlik yordamini Qirg'iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshlig'ining o'rinbosari Oqilbek Mazaripov va Prezidentning O'sh viloyatidagi vakolatli vakili o'rinbosari Iliyaz Toshboyev kutib oldi va og'ir kunlarda ko'rsatgan yordami uchun o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirishdi.
Maxsus tuzilgan komissiya yordamni jabrlanganlar orasida taqsimlaydi.
28-iyun kuni O'sh viloyatining Novqat tumanida sel oqimi odamlarning o'limiga sabab bo'lgan edi. Kuchli yomg'ir tufayli o'nlab hovlilarni suv bosdi, ko'priklar, yo'llar va elektr uzatish tarmoqlari buzildi. O'n kishi halok bo'ldi.
30-iyun kuni O'sh viloyatining Qorakulcha tumanida sel oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi. Ularning barchasi bir oilaning a'zolari.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning 20-aprelidan 1-iyuliga qadar Qirg'iziston hududida 236 ta sel oqimi qayd etilgan bo'lib, ulardan ko'rilgan zarar 170 million somdan ortiqni tashkil qildi, deb xabar beradi 24.kg.