Oʻzbekiston Qirgʻizistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi

    Xalqaro hamkorlik 16 Noyabr 2020 1057

    Oʻzbekiston rahbariyatining farmoyishiga asosan yuborilgan navbatdagi gumanitar yuk Qirgʻiziston poytaxtiga etib keldi. Bu haqda Qirgʻiziston Respublikasi hukumatiga tayanib Sputnik xabar qildi.

    Yuklarni qabul qilish marosimida Qirgʻiziston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari elʼvira Surabaldiyeva COVID-19ga qarshi kurash choralari doirasida koʻrsatilayotgan yordam uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

    “Bu koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashga qaratilgan birinchi gumanitar yordam emas. Shuni taʼkidlashni istardimki, qiyin damda Oʻzbekiston tomonining qoʻllab-quvvatlashi juda oʻz vaqtida boʻlmoqda va bu mamlakatlar oʻrtasidagi chinakam qardoshlik munosabatlarining dalilidir”, — dedi Surabaldiyeva.

    Tibbiy yuk tarkibidan himoya kiyimlari va ko'zoynaklari, bir martali ishlatiladigan niqob va qo'lqoplar, dori vositalari, COVID-19'ni aniqlash testlari, shpritslar va tomizgichlar(kapelnitsa) o'rin olgan.

    eslatib o'tamiz, 2020 yil iyul` oyida ham O'zbekiston Qirg'izistonga umumiy og'irligi sakkiz tonna bo'lgan gumanitar yordamning navbatdagi partiyasini yuborgandi.