Unga ko'ra, O'zbekiston 2022 yilning yanvar`-iyul` oylarida xorijga qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 7 oyida O'zbekiston eng  ko'p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

 Qozog'iston – 47 ming tonna

 Rossiya – 23,4 ming tonna

 Qirg'iz R. – 14,4 ming tonna

 Tojikiston – 9,3 ming tonna

 Belarus` – 1,9 ming tonna

 2022 yilning 7 oyida xorijga eng  ko'p qovun va tarvuz eksport qilgan hududlar:

 Toshkent viloyati – 23,4 ming tonna

 Farg'ona viloyati – 12,8 ming tonna

 Andijon viloyati – 11,4 ming tonna