Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga yaʼni qariyb 5,3 baravarga oshgan.
Oʻtgan 6 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 11,8 ming tonna
Rossiya – 6,3 ming tonna
Qirgʻiz R. – 2,9 ming tonna
Belarus – 527,0 tonna
Latviya – 524,0 tonna
Ukraina – 484,2 tonna
Germaniya – 131,2 tonna
Moldova – 59,5 tonna