Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 19,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 69,7 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 20 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 ming tonnaga kamaygan.
Oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 29,2 ming tonna;
Rossiya – 19,2 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 10,2 ming tonna;
Ukraina – 4,9 ming tonna;
Latviya – 2,3 ming tonna;
Belarus – 1,3 ming tonna;
Tojikiston – 960,8 tonna;
Germaniya – 939,4 tonna.