Hozirda asosiy konstruktiv ishlar bajarilib, pardozlash va ichki muhandislik tarmoqlarini oʻtkazish ishlari yakunlanmoqda. Qurilish jarayonlariga 150 nafardan ziyod quruvchilar va 30 dan ziyod maxsus qurilish texnikalari jalb etilgan.
Bojxona qoʻmitasining maʼlumot berishicha, 6 gektar maydonni egallagan terminal zamonaviy tekshirish va qayta ishlash moslamalari bilan jihozlangan.
«Terminal tarkibida kelgusida bojxona, fitosanitariya, veterenariya va boshqa tegishli nazorat organlarining rasmiylashtiruv markazi, tovarlar bilan yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun ombor, bojxona koʻrigini amalga oshirish maydonchasi, bir vaqtning oʻzida 350 tagacha yuk avtotransport vositasini joylashtirish imkoniyatiga ega temir-beton qoplamali avtoturargoh, haydovchilar uchun mexmonxona va oshxona, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish shaxobchalari faoliyat yuritadi.« deyiladi xabarda.
Chegara oʻtish joyining ochilishi Qoʻngʻirat-Beyneu avtomobil yoʻli qurilishi tugallangan kunga toʻgʻri keldi. Shunga koʻra, bu “Dovut ota” orqali yuk tashish hajmini oshirishga xizmat qiladi.