Vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokidagi muzokaralar doirasida oliy darajadagi tashrif yakunlari boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish ishlari batafsil koʻrib chiqildi, jumladan, investitsiya va savdo shartnomalari ijrosi hamda ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar hamda mavjud muammolarni birgalikda hal etish mexanizmlari ishlab chiqildi.

Muzokaralar yakuni boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni jadal amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarga tezkorlik bilan munosabat bildirish maqsadida vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi, amalga oshirish muddatlari belgilandi, shu kabi ishchi uchrashuvlarni oʻtkazish amaliyoti kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.