O'zbekiston Qurolli kuchlari davlat muzeyi muhtasham qiyofa kasb etdi

    Madaniyat 7 Yanvar 2022 2910

    O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi sanasi arafasida Qurolli kuchlar davlat muzeyi qayta rekonstrutsiya qilindi.

    Mudofaa vazirligidan xabar qilinishicha, vazirlik markaziy apparati mutasaddilari, Ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimlari, Qurolli kuchlar faxriylari ishtirok etgan tadbirda muzeyda ta'mirlash, ko'rgazma zallari eksponatlarining qayta jihozlanishi va ularning boyitilishi jarayoni xususidaga ma'lumotlar taqdim etildi.

    Tadbir ishtirokchilari yanada ko'rkam qiyofa kasb etgan uch qavatli muzeyda yaratilgan zamonaviy qulayliklar, «Yangi O'zbekiston» ekspozitsiyasi, ilmiy axborot markazi, «Book kafe» va xizmat xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdi.

    Muzey bilan tanishuv davomida Qurolli kuchlar faxriylari milliy armiyamiz qudratini aks ettiruvchi ayrim eksponatlarga doir yorqin xotiralarini o'rtoqlashdilar. Ushbu ma'naviyat maskani yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun chinakam o'tmish va kelajakni bog'lovchi ko'prik ekani alohida ta'kidlandi.

    Majmuada amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan qulayliklar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.