Sammit kun tartibidan SHHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ham koʻrib chiqiladi.
Yigʻilish yakunida Ostona deklaratsiyasi hamda iqtisodiyot, xavfsizlik, ekologiya, energetika, turizm va boshqa koʻplab yoʻnalishlarda sheriklikni kengaytirish boʻyicha hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston yetakchisi xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.