Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzod maʼqullandi

    Nigʻmatilla Yoʻldoshev nomzodi senatorlar tomonidan Bosh prokuror lavozimiga maʼqullandi.

    Maʼlumki, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95 hamda 109-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzod Prezident tomonidan taqdim etiladi va Senat yalpi majlisida senatorlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

    Shunga asosan Senatning 53-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga yangi muddatga taqdim etilgan Nigʻmatulla Toʻlqinovich Yoʻldoshevning nomzodi koʻrib chiqildi hamda maʼqullandi.