Xizmat safari davomida Delegatsiya aʼzolari Koreya politsiya tergov akademiyasiga tashrif buyurdi.
Koreya politsiya tergov akademiyasi direktori Li Xyon Se bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazildi. Taʼlim va ilmiy faoliyat sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Koreya politsiya tergov akademiyasining faoliyati, xususan politsiya xodimlarining malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar natijalarini taʼlim jarayoniga joriy etish mexanizmlari bilan yaqindan tanishildi, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.