Havo kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda sogʻligʻiga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yoʻnalishlar va uchish balandliklarida amalga oshirilishi belgilab berildi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida, keyinchalik loyihani vazirlik va idoralarda kelishish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi fraksiyalaridagi muhokamalarda “Oʻzaviatsiya” agentligi xodimlari qatnashib loyihani himoyalashda faol ishtirok etishdi.