O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida “O'zbekiston – boqiy dostonim” nomli baxshilar teletanlovi o'tkaziladi

    Tanlovda 40 yoshgacha bo'lgan baxshi-shoir, oqin va jirovlar hamda doston ijrochiligi bilan shug'ullanuvchi boshqa iste'dod sohiblari ishtirok etishlari mumkin.

    Shuningdek, tanlovda ishtirokchilarning fonogrammadan foydalanishlari taqiqlanadi (tarkibi besh nafardan ko'p bo'lmagan musiqachilar jo'r bo'lishi mumkin).

    Tanlov ishtirokchilari — baxshilar adabiy matn, she'r, musiqa
    va aytim yo'li hamohangligiga alohida ahamiyat bergan holda, badiiy so'z ijrochiligi, shoirlik, xonandalik, mohir sozandalik va ma'lum darajada aktyorlik mahoratidan xabardor bo'lishi va asarlarni yoddan ijro etishlari shart.

    Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov e'lon qilingan kundan boshlab, o'n kun ichida Madaniyat vazirligi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining “Baxshiyona” (https://t.me/Bakhshi5) telegram guruhiga tanlov uchun tayyorlagan o'z ijod namunasi va fuqarolik pasporti nusxasini yuborishi lozim.

    Tanlov shartlari bilan madaniyat.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.