Markaziy banki axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash reytingida birinchi oʻrinni oldi

    Raqamlashtirish 15 Aprel 2021 1182

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ-4751-sonli qarorida yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati 2021-yil I choragi yakuniy natijalari boʻyicha reyting baholash oʻtkazildi.

    Mazkur reyting “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslangan

    Eng yuqori reytingdagi tashkilotlar Top-10taligida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va qator banklar, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, joylardagi ijro hokimiyati organlari oʻrin oldi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur reytingda 96,6 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi.