Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati XI Qozogʻiston moliyachilar Kongressida ishtirok etdi

    Moliya 16 Noyabr 2023 827

    Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati 15-noyabrda Olma-ota shahrida Qozogʻiston Milliy banki tomonidan tashkil qilingan Qozogʻiston milliy valyutasining 30 yilligiga bagʻishlangan XI Qozogʻiston moliyachilar Kongressida ishtirok etdi.

    Tadbir davomida qator xorijiy markaziy banklarning rahbarlari ishtirokida “Joriy sharoitda pul-kredit siyosatini olib borish” mavzusida muhokamalari oʻtkazildi.

    Shuningdek, tashrif davomida Qozogʻiston Milliy banki raisi Timur Suleymenov, Ozarbayjon Markaziy banki raisi Talex Kyazыmov, hamda Shveysariya Milliy banki boshqaruvi aʼzosi Attilio Zanetti bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilib, oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, markaziy banklar xodimlari oʻrtasida tajriba almashish bilan bogʻliq qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish masalalari muhokama etildi.

    Shu bilan birga, Ozarbayjon Markaziy banki bilan konsolidatsiyalangan bank nazorati va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum parametrlari kelishib olindi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.