Senat aʼzolari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Bazarov Orifjon Shadiyevich, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy va maishiy masalalar boʻyicha boʻlim boshligʻi Djurayev Shuxrat Nizamovich, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati boʻyicha masʼul tashkilotchisi Kadirova Muyassar Djumayevna, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari Kuchkarov Baxrom Tulkinovich, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari Nizamxodjayev Zayniddin Maxamatovich, Jizzax politexnika instituti rektori Usmonqulov Alisher Qodirqulovich, “Oʻzelektroapparat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Farmanov Aleksandr Kasimovich, Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Yusupov Ergash Amanbayevichni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari etib saylash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Shuningdek, ushbu qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari M.E. Abdusalomov, O.Bobojonov, M.A.Djurayeva, J.X.Norov, E.Rajabov, J.Sadikov va E.G.Xodjakulovning vakolatlari tugatildi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati