O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondoni Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

    Muloqot davomida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi do'stona va strategik sheriklik munosabatlari ikki tomonlama aloqalarni barcha yo'nalishlarda rivojlantirishning muhim omili ekanligi ta'kidlandi.

    Joriy yilning 28 iyul` kuni Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri S.Soyluning O'zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Milliy gvardiya qo'mondoni general-mayor R. Djuraev bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

    Uchrashuvda Milliy gvardiyaning Turkiya Politsiyasi va Jandarmeriyasi bilan jamoat xavfsizligini ta'minlash, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

    Muloqot davomida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi do'stona va strategik sheriklik munosabatlari ikki tomonlama aloqalarni barcha yo'nalishlarda rivojlantirishning muhim omili ekanligi ta'kidlandi.

    Do'stona va ishchan muloqot ruhida o'tgan tadbir yakunida tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga, qo'shma amaliy trening va kurslar sonini oshirishga, ta'lim muassasalari o'rtasidagi aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi.

    Milliy gvardiya

    Xalqaro hamkorlik boshqarmasi